Torres va Savichga chora ko‘rildi
Ular ikki o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

Ispaniya La Ligasi musobaqa qo‘mitasi Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Stefan Savich va “Barselona” hujumchisi Ferran Torresni ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
16-tur doirasidagi “Atletiko” – “Barselona” (0:1) o‘yinida qizil kartochka olgan futbolchilarga qo‘shimcha jazo belgilandi. Savich va Torres qo‘shib berilgan vaqtda mushtlashib ketishgandi.







