Angliya liga kubogining navbatdagi bosqichiga qurʼa tashlandi
O‘yinlar 23-yanvardan start oladi.

Angliya liga kubogi yarim finaliga qurʼa tashlandi. Uning natijalariga ko‘ra quyidagi yarim final juftliklari shakllantirildi:
“Sautgempton” – “Nyukasl”
“Nottingem Forest” – “Manchester Yunayted”.
1/2 final bosqichida jamoalar o‘zaro ikkita o‘yinda maydonga tushishadi. Dastlabki o‘yinlar 23 yanvarda, javob o‘yinlari 30 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 1/4 final uchrashuvida “Manchester Yunayted” “Charlton Atletik”ni ishonchli tarzda mag‘lub etgandi. O‘yin qizil iblislarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. “Nottingem Forrest” esa penaltilar ceriyasida “Vulverxempton”ni mag‘lub etdi.







