Sovuq Ukrainadagi urushni ham muzlatib qo'ydimi?
Har ikki tomon harbiy jihatdan qiyin ahvolda — Bloomberg.

So‘nggi kunlarda Ukraina sharqida sovuq ob-havo hukm surmoqda. Bu og‘ir harbiy texnikadan foydalanishni ko‘paytirishga majbur qildi, chunki tuproq ancha muzlagan, deb yozadi Bloomberg.
Biroq na Rossiya, na Ukraina tomonining hujumlari sovuq paytida ish bermasligi mumkin.
Sovuq tufayli uchuvchisiz uchish apparatlari va radiostansiyalarning batareyalari ikki baravar tez zaryadlanishi kerak. Bundan tashqari, yomon ko'rish razvedkada qiyinchilikka olib keladi.
2023-yil boshidan buyon G‘arb davlatlari Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirdi. Yangi turdagi qurollarni yetkazib berishdan tashqari g‘arblik instruktorlar tomonidan o‘qitiladigan ukrainalik harbiylar soni ham ortadi. Shuningdek, Polsha xalqaro koalitsiya tarkibida Kiyevga 14 ta Leopard 2 tankini yetkazib berishini ma’lum qildi.







