Tyuram uchun klublar raqobatlashishmoqda
“Barsa” ular orasida yetakchi.

Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi aʼzosi fransiyalik hujumchisi Markus Tyuram “Barselona” jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda nufuzli insayder Nikolo Shira xabar berdi.
“Ko‘kanoranglilar” “Chelsi” ham qiziqish bildirayotgan 25 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurashga kirishmoqchi. Ikkala jamoa ham futbolchini 2023 yilning yanvarida o‘z saflarida ko‘rishni istamoqda.
Shuningdek, taʼkidlanishicha, “Inter” ham fransiyalik futbolchi bilan kelishuv ustida ishlamoqda, biroq italyan klubi kelishuvni faqat yozda yakunlamoqchi.
Markusning Dortmundning “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga yetadi.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Tyuram “Borussiya” safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, Fransiya terma jamoasi safida jahon chempionatidagi beshta o‘yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.







