Mourinyo Portugaliyani boshqarmaydi
Uning o‘zi shunday dedi.

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasini boshqarishi haqida savolga javob berdi.
“Fursatdan foydalanib, Portugaliya futbol federatsiyasi prezidentiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Uning so‘zlari, menda g‘urur uyg‘otadi. U yolg‘iz bo‘lmasada, men variantlardan biri ekanligimni aytdi. Bundan faxrlanaman. Lekin terma jamoaga o‘tmaslikka qaror qildim”, — dedi Mourinyo.







