Mundialdan keyingi ilk uchrashuv
Messi va Mbappe qanday munosabatda?

“PSJ” hujumchilari Lionel Messi va Kilian Mbappe Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin ilk bor uchrashishdi. Bu haqda “Le Parisiyen” nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Mbappe o‘ziga berilgan taʼtildan so‘ng Messi mashg‘ulot jarayonini boshlagan “PSJ” joylashgan joyiga qaytgan. Yulduzli jamoadoshlarning ilk uchrashuvi ijobiy ruhda o‘tgani, futbolchilarning iliq munosabatlari haqida xabar berilgan.







