Ronaldinyoning o‘g‘li “Barselona” yoshlar jamoasiga o‘tdi
U hozir 17 yoshda.

Ronaldinyoning o‘g‘li “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin. Avvalroq “Kruzeyro” bilan shartnomasini bekor qilgan 17 yoshli Joau Mendes de Assis Moreyra “Barselona”da bo‘lib, u yerda Kataloniya yoshlar jamoasida sinovdan o‘tmoqda. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, Ronaldinyoning o‘g‘li borasida yakuniy qarorni “Barselona” yoshlar jamoasi murabbiylari qabul qiladi. Joau Mendes hujumchi sifatida o‘ynaydi.







