Chemberlen “Liverpul”ni tark etishi mumkin
Unga qiziqayotganlar bir talay.

“Liverpul” yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen hozirgi jamoasi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
29 yoshli angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi. “Daily Mail” xabariga ko‘ra, yarim himoyachi o‘z klubini o‘zgartirishga qaror qilgan, biroq hozircha bu qachon sodir bo‘lishini bilmaydi. Manbaning taʼkidlashicha, futbolchiga bir qator klublar tomonidan bo‘lgan qiziqishlar fonida transfer yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.
Oksleyd-Chemberlen 2017 yildan buyon “Liverpul” safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, bitta aniq zarba berdi.







