FIFA Serbiyani jazoladi
Bunga muxlislarning noo‘rin harakatlari sabab bo‘lgan.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) JCH-2022 guruh bosqichining Shveysariya termasiga qarshi o‘yinidan (2:3) so‘ng Serbiya terma jamoasiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
FIFA tashkilot shafeligida Serbiya terma jamoasining navbatdagi uy uchrashuvida stadionni qisman yopishga qaror qildi. Shuningdek, Serbiya futbol assotsiatsiyasi 50 000 shveytsariya franki (taxminan 50 000 yevro) miqdorida jarimaga tortildi. Bunday jazo o‘yin davomida Serbiya terma jamoasi muxlislari va futbolchilarining noo‘rin xatti-harakatlari tufayli qo‘llanilgan.







