Saidov va Lavrovning uchrashuvi yaqin
Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Maria Zaxarova maʼlum qildi.

Tashqi ishlar idoralari rahbarlari o‘rtasidagi muloqotga kelsak, Zaxarova 31 dekabr kuni Lavrov o‘z hamkasbiga ushbu lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘llaganini taʼkidladi.
“O‘ylaymanki, ularning uchrashuvi uzoq emas, oldinda qator yirik davlatlararo tadbirlar turibdi, Rossiya va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirliklari orqali bular o‘z vaqtida amalga oshiriladi”, — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev Baxtiyor Saidovni dekabr oyi oxirida vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinladi. Tashqi ishlar vaziri bungacha Xalq taʼlimi vaziri lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, undan avvalgi lavozimdagi Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi.







