Benzema 8-o‘rinda, Messi esa yetakchi
Ronaldu ikkinchi pog‘onadan joy olgan.

“Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema “El-Klassiko”larning 8-to‘purari bo‘ldi.
Ispaniya Superkubogi finalida Barselonaga qarshi o‘yinda (1:3) “Real” hujumchisi 93-daqiqada gol urdi. Bu gol Benzema uchun “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi qarama-qarshilikdagi 13-gol bo‘ldi.
Qarama-qarshilikdagi gollar soni bo‘yicha Lionel Messi yetalchi hisoblanadi. Uning hisobida 26 ta gol bor.
Klassiko to‘purarlari:
1. Lionel Messi - 26 ta gol;
2. Krishtianu Ronaldu - 18;
3. Alfredo Di Stefano - 18;
4. Raul - 15;
5. Ferens Pushkash - 14;
6. Fransisko Gento - 14;
7. Sezar Rodriges - 14;
8. Karim Benzema - 13 ta;
9. Santilyana - 12.







