Neymar qanday homiylik shartnomalariga ega?
U jamoasi safida soatiga 4200 yevro maosh oladi.

2016-yilda “Forbes” jurnali Neymarning yillik maoshini 21 million dollar (18 million yevro) deb baholagandi. Bu esa uning o‘sha paytdagi “Barsa”dagi maoshidan kelib chiqqan holda, klubdagi eng ko‘p pul ishlab topgan yagona futbolchiga aylantirgan. O‘sha paytda Ronaldu va Messining homiylik daromadi mos ravishda 36% va 34%ni tashkil etgan bo‘lsa, Neymarniki 61% edi.
Braziliyalik futbolchi “PSJ”ga o‘tganidan keyin hammasi o‘zgardi. Uning marketing bo‘yicha ishlari ortga ketadi. Sababi, futbolchi klubda muvaffaqiyatsizlikka uchray boshlaydi. Neymar Braziliyadagi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan yaxshi ish olib boradi. Shuning uchun, u mamlakatdagi ko‘pgina mahsulotlarning reklama roliklarida paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, Neymarning “Nike”, “Gillette”, “Beats Electronic” va “Red Bull” kabi brendlar bilan hamkorlik loyihalari bor.
Maʼlumotlarga ko‘ra, hujumchi klub safida soatiga 4200 yevro, kuniga 100 821 yevro, haftasiga 707 692 yevro, oyiga 3,07 million yevro maosh oladi.







