Prezident ishdan olgan rahbarlar ishini DXX va Bosh prokuratura o‘rganadi
Ayni damda Prezident boshchiligida elektr energiyasi va gaz taʼminoti bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni damda Prezident boshchiligida elektr energiyasi va gaz taʼminoti bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
"Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman", — dedi yig‘ilish avvalida davlatimiz rahbari.
Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘ygani taʼkidlandi.
▪️Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi.
▪️Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini o‘rganish topshirildi.
▪️"Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi F.Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.







