Tuxel va Pochettino nomzodlar ro‘yxatida
“Vest Hem” murabbiyini almashtirmoqchi.

“Vest Hem” Devid Moyesning o‘rniga klub bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘rt nafar murabbiydan iborat kichik ro‘yxatni tuzdi. Unda “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel va “Tottenhem”ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham bor. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar bermoqda.
“Vest Hem” Angliya premyer-ligasida 19 uchrashuvda 15 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda. Agar klub mavsum oxirigacha ushbu o‘rinni saqlab qolsa, chempionshipga tushib ketadi.
59 yoshli Moyes 2019 yilning dekabr oyidan buyon “Vest Hem”ni boshqarib kelmoqda.







