Navas Ronaldu bilan gaplashdi
“Al-Nasr” darvozabonni sotib olmoqchi.

“PSJ” darvozaboni Keylor Navas portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi mumkinligini muhokama qildi. Bu haqda jurnalist Nikolo Shira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Manbaga ko‘ra, Navas Ronaldu bilan “Al-Nasr” loyihasi haqida bilish uchun gaplashgan. Oldinroq “Al-Nasr” jarohat olgan David Ospinaga o‘rinbosar sifatida kosta-rikalik darvozabon nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi. Klub Navasga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Navasning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va fransuz klubi 36 yoshli darvozabonni qo‘yib yuborishga hali tayyor emas.







