Eng dolzarb

O‘tgan yili qancha jurnalist o‘ldirildi?

YUNESKOning navbatdagi hisobotida 2022 yil davomida OAV xodimlari duch kelgan xavflar, jurnalistlar uchun eng xavfli bo‘lib qolayotgan davlatlar va jazosiz qolayotgan jinoyatlar haqida so‘z boradi.

O‘tgan yili qancha jurnalist o‘ldirildi?

 

YUNESKO maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilda dunyoda 86 ta jurnalist o‘ldirilgan. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.

 

O‘tgan yili deyarli har 4 kunda bir marta OAV xodimi vafot etgan. Bu 2021 yilga nisbatan 50 foizga ko‘p. Statistikada jurnalistlar o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan jiddiy xatarlar tilga olingan.

 

“Bir necha yillik pasayishlardan so‘ng 2022 yilga jurnalistlar o‘limi soni oshishi xavotirlarni keltirib chiqardi. Davlatlar bu jinoyatlarni to‘xtatish uchun choralar ko‘rishi va aybdorlarni jazolashi shart. Befarqlik zo‘ravonlik muhitining shakllanishi uchun asosiy omil bo‘lib qolmoqda”, – degan YUNESKO bosh direktori Odre Azule.

 

2019-2021 yillarda dunyo bo‘ylab 58 ta OAV xodimi o‘ldirilgandi.

 

Jurnalistlar dunyoning barcha mintaqalarida o‘ldirilgan. Ammo eng ko‘p qurbonlar Janubiy Amerika va Karib havzasiga to‘g‘ri keldi (44 ta holat). Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 16 ta, Sharqiy Yevropada 11 OAV vakili halok bo‘lgan. Davlatlar bo‘yicha Meksika (16 ta qotillik), Ukraina (10 ta qotillik) va Gaiti (9 ta qotillik) yetakchilik qilmoqda.

 

Jurnalistlarning yarmidan ko‘pi ishdan tashqari vaqtda halok bo‘lgan. Ular asosan, avtoturargohlarda, uyida va boshqa jamoat joylarida o‘ldirib ketilgan. Bu so‘nggi yillarda kuzatilayotgan tendensiyaning davom etayotganini anglatadi: jurnalistlar uchun xavfsiz joy qolmayapti.

 

So‘nggi besh yilda ayrim yutuqlarga erishilganiga qaramay, qotilliklarning 86 foizi jazosiz qolmoqda. Bu jurnalistlar faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi va jurnalistikaning xavfli kasb bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"