Sport

Rafael Varan Manchesterdagi o‘yinlar haqida gapirdi

U hammasidan rozi.

Rafael Varan Manchesterdagi o‘yinlar haqida gapirdi

 

“Manchester Yunayted” himoyachisi Rafael Varan “Old Trafford” stadionidagi muhit haqida gapirdi.

 

“Old Trafford”dagi har bir o‘yin o‘zgacha. Bu ajoyib atmosferaga ega stadion. “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin so‘nggida muxlislar bilan bog‘liqligini his qildim. Biz chindan ham g‘alaba qozonishni va buni stadionimizda katta raqiblar bilan o‘yinlarda amalga oshirishni istaymiz”, — deya Varanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi klub matbuot xizmati xabar berdi.

 

Rafael Varan 2021 yilning yozida “Real”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2025 yilda yakuniga yetadi.

 

Rafael Varan Manchesterdagi o‘yinlar haqida gapirdi | Zamon.uz