Jahon

Chiqindi muammosiga Singapurcha yechim

Bu davlatda deyarli 100 foiz chiqindi qayta ishlanadi.

Chiqindi muammosiga Singapurcha yechim

 

17 yanvar. Erta tongdan Singapur davlatiga prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi boshlandi. Davlatimiz rahbarining  ushbu mamlakat prezidenti Halima Yaqub va bosh vazir Li Siyan Lun bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yana bir qancha muhim tadbirlar o‘tkazildi.

 

Singapur davlatining bugungi yutuqlari hamda rivojlanish istiqbollari ko‘plab dunyo mamlakatlari uchun tajriba vazifasini bajarmoqda.

 

Janubiy-Sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakat haqida ko‘pchilik ozmi-ko‘pmi tasavvurga ega. So‘nggi qirq yil ichida mamlakatning tezkor suratlarda rivojlanishi, korrupsion holatlarga batamom barham berilgani, umuman, tabiiy boyliklarga ega emasligi ko‘pchilikka maʼlum. Biroq Singapurning  hayratlantira oladigan yana boshqa jihatlari ham talaygina. Shulardan biri — ekologiya. Xo‘sh, dunyoda aholisining yashash sharoiti bo‘yicha 3-o‘rinda turadigan davlat ekologik muammolar aniqrog‘i, chiqindilar bilan qanday kurashmoqda.

 

Singapur dunyoning “bog‘ shahri” sifatida tanilgan. Mamlakatning ekologiya bilan bog‘liq qatʼiy qonun-qoidalari mavjud. Ko‘chada yurganda axlat tashlamaslik, chekmaslik, shuningdek, metroda yurish uchun aniq va qattiq jazolar bor. 

 

Singapur atrof-muhitni muhofaza qilish milliy agentligi har bir kishi atrof-muhitni va o‘z uyini muhofaza qilishda jonbozlik ko‘rsatishi kerak deb hisoblaydi. Shunga qaramay, hukumat chiqindilar miqdorini kamaytirish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Mamlakatda chiqindilarni boshqarish “3R” tamoyiliga asoslanadi, yaʼni “Kamaytirish, qayta ishlash va yana qayta ishlash”.

 

Singapurda 5,61 millionga yaqin aholi yashaydi. O‘rtacha hisobda mamlakatda bir kishiga kuniga taxminan 0,86 kilogramm chiqindi to‘g‘ri keladi. Chiqindilar utilizatsiya qilinadi va dengiz poligoniga yetkaziladi. Semakau Singapurdagi birinchi va yagona chiqindi oroli bo‘lib, davlatning janubiy orollari orasida joylashgan. Umumiy maydoni 3,5 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Ushbu orolni yaratish uchun dengizning maʼlum qismidan 7 km.lik tosh-yo‘l qurilgan.

 

Mamlakatda kuniga taxminan 17 000 tonna chiqindi chiqariladi. Shundan 56% qayta ishlanadi. Qayta ishlanmaydigani yoqish uchun jo‘natiladi, yonmaydigan materiallar esa tuproq bilan to‘ldiriladi. Yondirilgan chiqindilardan taxminan 1600 tonna kul ishlab chiqariladi va Semakau qirg‘og‘iga tashiladi.

 

Chiqindilarning yonish vaqti 45 minutdan 90 minutni tashkil etadi. Yonish natijasida hosil bo‘lgan issiqlik esa qayta tiklanadi. Shundan 20% zavodning ishlashi uchun sarflansa, qolgan 80% esa boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Mamlakat chiqindi muammosini ularning yonishi natijasida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan to‘rtta energiya zavodi yordamida hal qiladi. Yaqinda hukumat bu zavodlarning yoniga yana bitta xuddi shunday zavodni qo‘shishni rejalashtirmoqda. Chiqindilarni yoqish natijasida atrof-muhitga deyarli zarar yetkazilmagan. Singapurning chiqindixona texnologiyalari ham o‘rganishga arziydi.

 

Semakau axlat bilan to‘ldirilgan sunʼiy orol. Uning tag qismi parkka o‘xshaydi, u yerga taxminan 10 million tonna yondirilgan chiqindilar ko‘milgan. Mazkur orol butunlay maxsus texnologiya yordamida qadoqlangan noorganik chiqindilardan iborat. Shuning hisobiga ham yildan-yilga Singapur davlatining hududi kengayib bormoqda. Bugungi kunga qadar mamlakat qirg‘oqlarini yuvib turgan dengizning qariyb 3,5 kvadrat kilometr hududi quruqlikka aylantirilgan.

 

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi muvaffaqiyatlar tufayli Semakau mashhur sayyohlik maskaniga aylantirilgan.

 

Orol ko‘plab mashhur sayyohlar va tadqiqotchilarni o‘ziga jalb qiladi. Dunyoning barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yo‘q qilish muammosi muvaffaqiyatli hal etilishi bilan Semakau butun dunyoning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Chiqindi muammosiga Singapurcha yechim | Zamon.uz