Karrasko faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi
Klub bilan muzokaralar boshlangan.

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Yannik Ferreyra Karrasko faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi.
“Sport” nashri xabariga ko‘ra, “Barselona” futbolchi bilan Qatardagi jahon chempionati vaqtida bog‘langan. Karrasko “Atletiko Madrid” bilan Memfis Depay almashinuvi doirasida “Barselona”ga o‘tish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Oldinroq “Atletiko” Memfisga qiziqish bo‘lishiga qaramay, “Barselona”ning Depayni Karraskoga almashtirish taklifini rad etgani xabar qilingandi.
“Barselona” La Liga turnir jadvalida “Real”dan 3 ochko oldinda bormoqda.







