Samarqand triatlon bo‘yicha xalqaro turnirga mezbonlik qiladi
Nufuzli musobaqani "Challenge family" tasnifi bo‘yicha Samarqand sayyohlik markazi — "Silk Road Samarkand" majmuasida o‘tkazish rejalashtirilgan.

2023-yilning 16-17 sentabr kunlari Samarqand shahrida triatlon bo‘yicha «Challenge Samarkand» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Nufuzli musobaqani «Challenge family» tasnifi bo‘yicha Samarqand sayyohlik markazi — «Silk Road Samarkand» majmuasida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Xalqaro musobaqada xorijlik sportchilar bilan bir qatorda havaskorlar ham ishtirok etishlari mumkin. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etishi kutilmoqda.
Ishtirokchilarga 3 bosqichli sport turlari bo‘yicha ularning yosh toifalariga ko‘ra masofa ajratiladi.
Unga ko‘ra, o‘rta masofada avvaliga 1,9 km suzish, 86 km velosipedda o‘tish va 21,5 km yugurish kerak. Ayollar va yoshlar uchun masofa qisqaroq bo‘ladi.







