“Chelsi” Bakayoko bilan shartnomani bekor qilmoqchi
Futbolchining o‘yinida pasayish bor

“Chelsi” yarim himoyachi Tiyemue Bakayoko bilan shartnomani bekor qilish ustida ishlamoqda. Bu haqda “Sky Sports News” nashri xabar bermoqda.
Hozir yarim himoyachi “Milan”da ijara asosida o‘ynamoqda. Ayni paytda ushbu ijarani muddatidan oldin tugatish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bakayoko “Milan”ga 2021 yil avgustida ikki yillik ijara asosida o‘tgan edi. Uning vakillari Angliya premyer-ligasidagi variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Yarim himoyachining “ko‘klar” bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, Tiyemue Bakayoko “Monako”dan 47 million yevro evaziga Londonning “Chelsi” klubiga o‘tgandi, ammo inglizlar jamoasida o‘z o‘rnini topa olmadi. Ayni damda futbolchi ijara asosida “Milan”da o‘ynamoqda. Italiya A ceriyasining so‘nggi mavsumida yarim himoyachi “Milan” safida 14 ta uchrashuv o‘tkazib, gol ura olmadi. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi chempionatda biror marta maydonga tushmagan.







