Loris Karius “Nyukasl” bilan shartnomasini uzaytirdi
U klubga o‘tgan yili qo‘shilgandi.

“Nyukasl” darvozaboni Loris Karius klub bilan shartnomasini 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Nemis darvozaboni dastlab “Nyukasl”ga 2022 yilning sentyabr oyida qisqa muddatli shartnoma asosida qo‘shilgandi va klubda qolishini 2023 yil iyunigacha uzaytirish huquqiga ega edi.
Loris “Liverpul”da 2016 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Darvozabonning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi. 2020/2021 yilgi mavsumda “Union Berlin”da ijara asosida o‘ynagan.







