Gvardiola “Manchester Siti” muxlislarini qattiq tanqid qildi
Uning fikricha muxlislar avvalgidek emas.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “shaharliklar” muxlislarining xatti-harakatlarini tanqid qilib, avvalroq ularning qo‘llab-quvvatlashi ko‘proq sezilganini aytdi.
“Bizning muxlislarimiz bilan ham shunday bo‘ladi. Ular 45 daqiqa jim turishadi. Ular bizni yomon o‘ynaganimiz uchun emas, balki mag‘lub bo‘lganimiz uchun so‘kishmoqda. Ilgari boshqacha edi. Balki biz oxirgi besh yil ichida to‘rt marta Premyer-ligani juda oson yutgandirmiz. Bu mening vazifam, mening ishim. Muxlislarimiz qaytishini, muxlislar shu yerda bo‘lishini xohlayman. Bizni “Etihad”da qo‘llab-quvvatlayotganlar, qolgan muxlislarga eʼtirozim yo‘q, ular eng zo‘rlari”, — dedi Gvardiola.







