Eng dolzarb

Nest One‘ning 9 nafar quruvchisi ovqatdan zaharlandi

Qayd etilishicha, ishchilar oziq-ovqat tashkilotlaridan biri tomonidan obyektga yetkazib beriladigan mahsulotlarni isteʼmol qilgan.

Nest One‘ning 9 nafar quruvchisi ovqatdan zaharlandi

 

Toshkentdagi Nest One turar joy majmuasini qurish ishlari bilan shug‘ullanayotgan O.M.I. xorijiy kompaniyasining 9 nafar xodimi o‘tkir ichak infeksiyasi bilan og‘rib qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, quruvchilar oziq-ovqat tashkilotlaridan biri tomonidan obyektga yetkazib beriladigan mahsulotlarni isteʼmol qilgan.

 

Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovoldi tekshiruvlari davomida holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Tergov davomida aybdor shaxslarning harakatiga huquqiy baho beriladi.

 

18 yanvar kuni Sanepidxizmat Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlanganini maʼlum qilgandi. Qurilish firmasining ishchilari tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul bo‘limiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Nest One‘ning 9 nafar quruvchisi ovqatdan zaharlandi | Zamon.uz