Samarqаndda chillali kelin-kuyov is gazi oqibatida vafot etdi
Hodisa bugun sodir bo‘lgan.

Bugun Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Oltinsoy qishlog‘ida 28 kunlik kelin-kuyov vafot etdi.
«Ma’lum bo‘lishicha, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Olov o‘chgach, sizgan gaz tufayli uyqudagi kelin-kuyovni zaharlangan. Ularni ertalab xonadondan o‘lik holda topishdi.
Tuman gaz idorasi aza boshlanmasidan xonadon egalarini texnika xavfsizligiga rioya qilmaslikda ayblab, dalolatnoma to‘ldirib ketishdi. O‘lganlar da’vo qilolmaydi: hech kim gazni nega bemahal uzding, nega ogohlantirishsiz yoqding, deyolmaydi.







