Artetaga katta ishonch bildirilmoqda
Murabbiy Kamavingani qo‘lga kiritmoqchi.

“Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Futbolchi “Arsenal”ning qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.
“Evening Standard” nashrining xabariga ko‘ra, londonliklar fransiyalik yarim himoyachini ijaraga olmoqchi. “Real Madrid” hali javob bermadi, ammo yarim himoyachiga o‘yin vaqti yetishmayapti.
London klubi xo‘jayinlari murabbiy Mikel Artetani transfer bozorida qo‘llab-quvvatlashga tayyor, chunki “Arsenal” 2004 yildan beri birinchi marta Premyer-liga chempionligi uchun jiddiy kurashga qo‘shilgan.
Eduardo Kamavinga joriy mavsumda “Real” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.







