Badavlat oilalarda voyaga yetgan mashhur futbolchilar
Ular nimaga otalarining bizneslarini davom ettirmagan?

Ayrim yulduz futbolchilarning bolaligi katta qiyinchiliklar bilan o‘tganini, sababi ular kambag‘al oilada tug‘ilgani haqida juda ko‘p eshitgansiz. Ular ushbu moliyaviy yetishmovchiliklarga qaramay, sportda katta muvaffaqiyatga erishgani sizni hayratda qoldirgani, shubhasiz. Ularning futbolga bo‘lgan muhabbati juda ham yuqori edi. Biz quyida badavlat oilalalarda voyaga yetgan jahonning eng mashhur futbolchilari haqida so‘z yuritamiz. Ular haqida maʼlumotlar sizga qiziq bo‘lishi aniq.
Oliver Biyerhoff
Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi, Yevro-1996dagi “oltin” gol muallifi o‘tgan yilning dekabr oyiga qadar terma jamoa rahbariyatida ishladi. Biyerhoff 18 yil davomida Germaniya terma jamoasini boshqargan. Oliver boshqa sohada katta hurmatga sazovor bo‘lgan otasining yo‘lidan bormaydi. Futbolchining otasi Rolf Biyerhoff sanoat kompaniyasi boshqaruvi aʼzosi va Yevropa elektr sanoati ittifoqi prezidenti edi. U o‘g‘lining futbol bilan shug‘ullanishiga ruxsat bergan. O‘zi ham bir vaqtlar darvozabon sifatida o‘ynashga harakat qilgan.
Robin van Persi
Gollandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar otasining xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarganida balki, mashhur rassom bo‘lardi. Cho‘tka va bo‘yoqlardan o‘z ish quroli sifatida foydalanishi mumkin edi. Biroq, Robin o‘z yo‘lini futbolga qarab buradi. Professional faoliyatida esa u ota-onasini hayratda qoldirdi. Futbolchining otasi taniqli haykaltarosh Bob van Persi onasi esa taniqli rassom va zargarlik buyumlari dizayneri Xose Ras edi. Van Persi bolaligini Rotterdamdagi rassomchilik muhitida o‘tkazdi. Ammo hammasi bir tekisda o‘tmagan. Robin uch yoshida ota-onasi ajrashishadi va u otasi bilan qoladi.
Janluka Vialli
Buyuk italiyalik hujumchi bir necha hafta oldin 58 yoshida bu dunyoni tark etdi. Vialli o‘zini futbolga bag‘ishladi, garchi u hech qanday kamchiliklarsiz yashashi mumkin edi. Futbolchining otasi qurilish biznesida millioner edi. U Janluka va uning to‘rt aka-uka va opa-singillarini 60 xonali haqiqiy qasrda tarbiyalagan. Darvoqe, Vialli doim “Yuventus”ga intilardi. U pul haqida emas, faqat futbol haqida o‘yladi.
Mario Gyotse
2014 yilda Gyotse jahon chempionatida Germaniya terma jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qilgandi. Ajablanarlisi, bu holatda nemislarning yirik turnirdagi g‘alabali golining muallifi badavlat oilada o‘sgan futbolchi bo‘ldi. Uning otasi Yurgen Gyotse Yel va Dortmund universitetlarining kompyuter fanlari bo‘yicha sobiq professori, Germaniyada juda yaxshi obro‘ga ega odam edi. Yurgen Gyotse o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Shu tariqa Mario mamlakat tarixiga kiradi.
Kaka
2007 yilda “Oltin to‘p” sohibi, “Real Madrid”, “Milan” va Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisining otasi Bosku Leyte tajribali qurilish muhandisi bo‘lgan. Uning oilasi o‘zlari uchun muhtasham uy sotib oladigan darajada boy bo‘lmasada, ular juda badavlat edilar. Agar Kaka otasining kasbini tanlaganida, futbolsiz ham yaxshigina pul ishlab topgan bo‘lardi. Biroq, San-Pauluga ko‘chib o‘tish futbolchiga Braziliya top-klubi akademiyasiga kirishiga yordam berdi va Kaka sport tufayli millionerga aylandi.
Lloris
Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yakunida Fransiya terma jamoasining o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchisi va “uch ranglilar” sardori terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Terma jamoa bilan deyarli barcha cho‘qqilarni zabt etgan Lloris o‘z faoliyatida ota-onasi kabi muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi. Darvozabonning otasi Lyuk Monte-Karloda bankir, onasi Mariya esa advokat edi.
Kiprian Marica
“Shaxtyor”, “Shtutgart”, “Shalke” klublarining sobiq hujumchisi va Ruminiya terma jamoasi tarixidagi beshinchi to‘purar otasi tufayli bolalik va o‘smirlik chog‘ida xohlagan narsasiga erishgan. Futbolchining otasi Mircha Marika qurilish biznesida jiddiy boylik orttirgan yirik tadbirkor edi. Kiprian super yulduzga aylanmagan bo‘lsada, yaxshi kareraga ega bo‘ldi.
Jerar Pike
Pikening ota-onasi mamlakatda juda hurmatli insonlar. Uning otasi advokat va o‘zining yuridik firmasiga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli biznesmen. Onasi Barselonadagi umurtqali jarohatlarni davolashga ixtisoslashgan tibbiyot instituti direktori. Jerar har qanday kasbni tanlashi mumkin edi, uning uchun barcha eshiklar ochiq bo‘lgan. Shunga qaramay, Pike bobosi Amador Bernabeu oldiga borib, futbolchi bo‘lmoqchi ekanligini aytgan. Pikening bobosi ham futbol bilan shug‘ullangan, “Barselona” vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. Shubhasiz, oilada hech kim Jerarning qaroridan afsuslanmadi.
Andrea Pirlo
Italiyalik ajoyib yarim himoyachi, hozirda “Fotih Karagyumryuk” klubi murabbiyi. U otasining ishini davom ettirib, futboldan tashqari biznes bilan shug‘ullanishi mumkin edi. Pirloning otasi Luidji Pirlo ikkita metallurgiya zavodining egasi edi. (keyin Andreaning o‘zi aksiyalarning egasi bo‘lgan), onasi Lidiya esa shahar merining jiyani bo‘lgan. Bundan tashqari, Luidji Pirlo kattakon uzumzorga egalik qilardi. Shuni ortida uning oilasi o‘z vinosini ishlab chiqaradi. Futbolchining otasi yiliga 20 mingdan ortiq shisha idishda vino sotishi mumkin edi. Ammo kichik Pirlo futbolga qiziqib qoldi va unda katta muvaffaqiyat qozondi.
Vaut Vehorst
“Manchester Yunayted”da o‘ynagan, bo‘yi 197 smli futbolchi bolaligida ham hech narsaga muhtoj bo‘lmay voyaga yetgandi. Gollandiyalik hujumchi badavlat oiladan bo‘lib, nafaqat Born shahrida, balki butun mintaqadagi eng badavlat oilalardan birida tug‘ilgandi. Uning otasi tabiiy gazning chakana savdosiga ixtisoslashgan yirik neft-gaz kompaniyasiga ega edi. 2021 yil oxirgi holatiga ko‘ra, u mamlakatda 130 ga yaqin yoqilg‘i quyish shoxobchalariga egalik qiladi. Biroq, Vout futbolchi bo‘ldi. U “Volfsburg”, “Byornli”, “Beshiktosh” va “Manchester Yunayted”da omadli faoliyat olib bordi.







