Ilon Mask: Men Ukraina bilanman, biroq...
Milliarder “ayovsiz eskalatsiya”dan xavfsiramoqda.

Ilon Mask AQSH Ukrainaning Qrimga zarba berishini qo‘llab-quvvatlashini keskin tanqid qildi. Bundan oldin The New York Times gazetasida bu bo‘yicha maqola chiqqandi.
“Men to‘liq Ukraina bilanman, ammo ayovsiz eskalatsiya Kiyev va butun dunyo uchun o‘ta xavfli”, – deb yozgan u o‘z Twitter sahifasida.
NYT maqolasida AQSHning Ukrainaga Qrimga zarba berish uchun qurollar berishi mumkinligi haqida so‘z boradi. Davlat departamenti ushbu fikrga izoh berar ekan, Kiyev qayerni nishonga olishni o‘zi hal qilishini taʼkidladi.
O‘z navbatida Pentagon ukrainaliklar o‘z hududlarini har qanday vositalar bilan qaytarishini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.







