Zidan “ahvoli og‘irlashayotgan” “Yuventus”ni boshqarishni istayapti
Buning uchun u beshta terma jamoada ishlashdan bosh tortgan.

“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan 1996 yildan 2001 yilgacha o‘zi to‘p surgan Turinning “Yuventus” klubini boshqarishni istamoqda. Bu haqda Fransiyaning “L‘Equipe” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Zidan faqat “Yuventus”da ishlashni xohlaydi. Biroq turinliklar rahbariyati Massimiliano Allegriga ishonib, bosh murabbiyni almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Shuningdek, Zidan “keksa sinyora”ni boshqarish imkoniyatini kutgan holda beshta terma jamoada ishlash taklifini rad etgani maʼlum bo‘ldi. Fransuz futboli afsonasi Portugaliya, Braziliya, AQSH, Qatar va BAA terma jamoalariga murabbiylik qilishdan bosh tortgan.







