Alvesning rafiqasi jurnalistlardan biroz hamdardlik bildirishlarini so‘radi
U bir hafta oldin onasidan ham ayrilgandi.

Braziliyalik himoyachi Dani Alvesning rafiqasi ispaniyalik model Joana Sanz eri jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib hibsga olinganidan keyin jurnalistlarga murojaat qildi.
“Uyimda bo‘lgan OAV vakillaridan shaxsiy daxlsizligimni hurmat qilishlarini so‘rayman. Onam bir hafta oldin olamdan o‘tdi. Endi erim bilan bo‘lgan vaziyat meni qiynamoqda. Hayotimdagi ikkita asosiy ustunni yo‘qotdim. Men jurnalistlardan birovning dardini yangilagandan ko‘ra, biroz hamdardlik ko‘rsatishlarini so‘rayman”, — deb yozdi Sans ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.







