"Chelsi”ning tarkibi yanada qimmatlashdi
Klub bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, “Chelsi” jamoasining tarkibi 1 milliard yevrodan oshdi. Dunyoda faqat “Manchester Siti”ning tarkibi londonliklarnikidan qimmatroq (1,1 milliard yevro) baholanadi.
Top o‘ntalikka shuningdek, “Bavariya” (945 million yevro), “Liverpul” (928 million yevro), “PSJ” (895 million yevro), “Real” (849 million yevro), “Arsenal” (789 million yevro), “Barselona” (777 million yevro), “Manchester Yunayted” (742 million yevro) va “Tottenhem” (688 mln yevro) kiritilgan.
Maʼlumot uchun, yozgi va qishki transfer oynalarida “Chelsi” yangi futbolchilar uchun 460 million yevro sarfladi.







