Sport

Futbolchilikdan tovuq biznesiga

“Liverpul” katta ishonch bildirgan Jerom Cinkler haqida eshitganmisiz?

Futbolchilikdan tovuq biznesiga

 

Agar siz “Liverpul” klubining o‘yinlarini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan bo‘lsangiz, 10 yil oldin Jerom Sinkler Angliyadagi eng iqtidorli hujumchi deb atalgandi. 2011-yilda “Liverpul” uni “Vest Bromvich” akademiyasidan o‘z safiga qo‘shib olgandi. Hamda unga kelajakdagi eng yaxshi futbolchi deya taʼrif berilgandi. Uning faoliyati aʼlo darajada boshlandi. Birinchi asosiy jamoada debyut qilgan bo‘lsa, keyin esa yetakchilik maqomini qo‘lga kiritdi. Uning fonida hatto, Rahim Sterling ham qolib ketgandi. Aynan Sinkler “Liverpul”ning yetakchisi va Angliya terma jamoasining kelajakdagi yulduzi nomini oladi.

 

Hammasi xuddi ertakdagidek boshlandi. Avval u klubning yoshlari jamoasida bir qator gollar urdi va murabbiylar shtabida katta taassurot qoldirdi. Futbolchi kattalar jamoasida qoladi va tez-tez o‘yin o‘tkaza boshlaydi.

 

Keyin bir moʻjiza sodir bo‘ldi. 2012-yilning sentabr oyida klubga endigina kelib qo‘shilgan Brendan Rojers o‘sha paytda Liga kubogi uchinchi bosqichida zaxiradagi futbolchilardan foydalanadi. Raqib esa “Vest Bromvich” edi.  Sinkler esa 81-daqiqada maydonga tushadi va “Liverpul” tarixidagi eng yosh debyutantga aylanadi. O‘yinda ishtirok etgan paytda u 16 yoshu 6 kunlik edi. Sinkler Jek Robinsonning rekordini yangilaydi. U bir necha yil oldin 16 yoshu 250 kunligida maydonga tushgan. Qizig‘i shundaki, bu futbolchilarning butun faoliyati natija bermadi. Robinson hozir “Sheffild”da o‘ynaydi.

 

Debyut o‘yinidan keyin yosh futbolchiga ishonch bildirila boshlandi. U bir nechta yoqimsiz jarohatlar olgan bo‘lsada, o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. 2014/2015 yilgi mavsumda Sinkler UEFA yoshlar ligasida 6 ta gol urdi. Bir necha marta u “Liverpul”ning muhim bo‘lmagan o‘yinlarida asosiy tarkibga kiritilgan. 

 

Lekin shundan so‘ng futbolchining o‘yinida pasayish boshlandi. 2015 yilning mart oyida u “Uigan”ga ijaraga berildi. Bu Sinklerga o‘zini ko‘rsatish uchun yangi bir imkoniyat edi. Ammo olti oy ichida bitta o‘yinda maydonga tushadi. Yana jarohatlar va yuqori saviyada o‘ynashga mutlaqo tayyor emaslik futbolchiga taʼsir o‘tkazadi.

 

U yana “Liverpul”ga qaytadi va bu safar chempionatda yana bir o‘yin o‘tkazadi. “Chelsi”ga qarshi 20 daqiqa o‘ynaydi, ehtimol, bu uning faoliyatidagi asosiy voqea edi.

 

2016-yilning qishida turli klublar futbolchi uchun bir necha million taklif qilishdi, jumladan, “Bornmut” va “Uotford”. “Liverpul” ularning barchasini rad etdi. Ammo olti oy o‘tgach, Sinkler jamoadan “Uotford”ga tekinga o‘tadi. Ammo besh yil ichida u jamoa safida bor yo‘g‘i 9 ta o‘yinda maydonga tushadi.

 

Shundan so‘ng Jeromning professional faoliyati yakunlanadi. Shuningdek, u “Oksford Yunayted”da yana o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi, biroq bu natija bermadi.

 

Oxir-oqibat Sinkler o‘zini ham, boshqalarni ham qiynamaslikka qaror qildi. 2022-yil iyul oyida u tovuq biznesini boshlaganini eʼlon qildi. Ayni damda sobiq futbolchi bundan yaxshi foyda ko‘rmoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.