Benzemaning natijasi yaxshilandi
Hujumchi La Ligadagi gollar soni bo‘yicha beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema La Ligadagi gollari soni bo‘yicha klub afsonasi Raulga yetib oldi.
“Real Madrid”ning 35 yoshli forvardi 18-turda “Atletik” darvozasiga gol urdi.
Bu Karimning La Ligadagi 228-goli bo‘ldi. Fransuz madridliklarning sobiq hujumchisi Raulga yetib oldi va ular beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Ugo Sanches (234), Telmo Sarra (251), Krishtianu Ronaldu (311) va Lionel Messi (472) hujumchidan ko‘proq gol urishgan.







