Lempard isteʼfoga chiqarilishi aniq
Qaror tasdiqlangan.

“Everton” bosh murabbiyi Frenk Lempard tez orada isteʼfoga chiqarilishi mumkin. Rahbariyat mutaxassisni istefoga chiqarish haqida fundamental qaror qabul qildi. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Lempard o‘tgan yilning yanvar oyi oxirida Evertonga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Bungacha mutaxassis “Derbi Kaunti” va Londonning “Chelsi” klublarida ishlagan.







