“U bilan maydonda uchrashish sharaf”
“Al-Ittifoq” bosh murabbiyi Ronalduning “Al-Nasr”dagi debyuti haqida gapirdi.

Saudiyaning “Al-Ittifoq” klubi bosh murabbiyi Patris Karteron jamoalarning o‘zaro o‘yinida Krishtianu Ronalduning “Al-Nasr” safidagi debyuti haqida gapirdi.
“Krishtianu Saudiya Arabistoniga kelganidan juda xursandman. U “Al Nasr”dek katta klubdagi har bir o‘yindan zavq oladi. Bu mahalliy futbol ishqibozlari uchun ajoyib yangilik. Ronaldu ajoyib o‘yinchi va biz hammamiz shunday futbolchiga qarshi o‘ynaganimizdan xursandmiz. U yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Hali 100% tayyor emasligi sezilib turibdi, lekin u bilan maydonda uchrashish sharaf. Biz unga eng yaxshi tilaklarimizni tilab qolamiz”, — deya Karteronning so‘zlaridan “The National News” nashri iqtibos keltirdi.







