"Real” Bellingem uchun Kamavingani "qurbon qilmoqchi"
Ispan klubi bu haqda jiddiy o‘ylamoqda.

Madridning “Real” klubi hali ham Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub yarim himoyachi Eduard Kamavinga va unga qo‘shib transfer uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi. Bu haqda “Sky Sport” nashri xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, bunga ispan klubi Bellingem uchun 100 million yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor emasligi sabab bo‘lmoqda. Ammo “Borussiya” va Kamavinga bu g‘oyaga qanday munosabatda bo‘lishlari haqida maʼlumot yo‘q. “Liverpul” ham Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Eduardo Kamavinga 2022-yilning yozida “Renn”dan “Real”ga o‘tgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan.







