To‘rtta nomzod bor
Tanlov hali ham davom etmoqda.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga 4 nafar nomzod bor.
"Cadena Ser" nashrining xabariga ko‘ra, Karlo Anchelotti, Joze Mourinyo, Zinedin Zidan va Luis Enrike Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Ilgari nomzodlar ro‘yxatida Pep Gvardiola va Yurgen Klopp ham bor edi, ammo endi bu mutaxassislar Braziliya futbol konfederatsiyasi rejalariga kiritilmagan.
Anchelottining “Real”da, Mourinyoning esa “Roma”da ishlashi muzokaralarni murakkablashtirmoqda. Zidan endi ishga qaytishga unchalik qiziqmayapti. Bularning barchasini hisobga olsak, Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga eng yaqqol nomzod bu Enrike.
Qayd etilganidek, mamlakat futbol konfederatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges terma jamoaga mahalliy emas, xorijlik murabbiy kerak, deb hisoblamoqda.







