0

46 yilda kuzatilmagan maksimal o‘sish: Buyuk Britaniyada oziq-ovqat narxi keskin ko‘tarilmoqda

Mamlakat Bosh vaziri Rishi Sunak joriy yilda inflyatsiya darajasini yarmiga tushirishga va iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga vaʼda bermoqda.

46 yilda kuzatilmagan maksimal o‘sish: Buyuk Britaniyada oziq-ovqat narxi keskin ko‘tarilmoqda

 

Buyuk Biritaniyada oziq-ovqat mahsulotlari 16,8 foizga qimmatlashdi. Yoqilg‘i narxi arzonlashgan bo‘lsa-da, sut, pishloq va tuxum kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi osmonga ko‘tarilmoqda. Bundan tashqari, restoran, mehmonxona xizmatlari va aviachiptalar qimmatlashdi, deb xabar berdi Kazinform muxbiri.

 

Masalan, sut o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga oshgan. Makaron mahsulotlari va shakar narxi ko‘tarilgan.

 

Qiyinchilikda qolganlar oziq-ovqat banki yordamiga murojaat qilishga majbur. Fudbank — oylik daromadi yetmaydiganlarga haftada bir marta oziq-ovqat bepul tarqatiladigan joy.

 

Hammasi homiylar hisobidan. Xayriya markaziga do‘konlar oziq-ovqat, tadbirkorlar esa pul bilan yordam beradi.

 

Yashash narxi oshgan bir paytda oziq-ovqat bankidan yordam so‘raganlar soni ham ko‘paygan. Ko‘p bolali yolg‘iz Donna Xey ana shu markaz tufayli o‘zini-o‘zi boqish imkoniyatiga ega ekanini aytadi.

 

«Kechasi bolalarim och yotdi. Men hatto elektr energiyasi, gaz, ijara haqini ham to‘lay olmayman», — dedi u.

 

Londonning Xakni tumanidagi oziq-ovqat banki olti yil avval kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat bilan yordam berish uchun oyiga 2000 funt sterling sarflagan bo‘lsa, hozir haftasiga 4000 funt sterling sarflaydi.

 

«Baʼzi oilalar yorug‘lik va issiqlikni tejash uchun pechka va gazni o‘chirishga majbur. Ular hatto biz beradigan taomni ham pishirib, yeya olmaydi», — deydi xayriya tashkiloti vakili Met Fitsimons.

 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak joriy yilda inflyatsiya darajasini yarmiga tushirishga va iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga vaʼda bermoqda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"