“Chelsi” Fernandesga 100 million yevro taklif qildi
Avvalroq bu transfer rad etilgandi.

“Calciomercatoweb” xabariga ko‘ra, “Chelsi” Lissabonning “Benfika” klubiga yarim himoyachi Enso Fernandes uchun taklif bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, ingliz klubi argentinalik futbolchi evaziga 100 million yevro, shuningdek, marokashlik futbolchi Hakim Ziyeshni taklif qiladi. “Benfika” avvalroq “Chelsi”ning Fernandesni sotib olishga urinishlarini rad etgandi. Argentinalik uchun tovon puli miqdori 120 million yevro qilib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Fernandes Argentina terma jamoasi tarkibida 2022 yilda jahon chempioni bo‘lgandi. O‘tgan turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida ham eʼtirof etildi. Fernandes joriy mavsumda “Benfika” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







