Myuller dam olmoqchi
U murabbiydan ruxsat oldi.

Germaniya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller terma jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan mart oyidagi yig‘inga chaqirilmasligi haqida kelishib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Tomonlar 33 yoshli futbolchini mart oyida o‘tkaziladigan jamoa yig‘iniga chaqirmaslik, unga dam olishga vaqt berish borasida umumiy fikrga kelishgan.
Avvalroq, 33 yoshli Myuller Germaniya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etib, Germaniya terma jamoasi Yaponiya, Ispaniya va Kosta-Rika bilan guruhdan chiqa olmaganidan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkinligiga ishora qilgandi. Biroq, keyin futbolchi faoliyatini yakunlash haqidagi fikrini o‘zgartirdi.







