“Barselona”ning sobiq hujumchisi arab klubiga o‘tadi
Muzokaralar boshlangan.

Ispaniyalik vinger Kristian Tello professional faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradi. “Al-Fateh” “Barselona”ning sobiq futbolchisi uchun yangi ish joyiga aylanadi. 31 yoshli futbolchining jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning oxirigacha mo‘ljallangan.
Kataloniyalik sobiq futbolchining avvalgi ish joyi amerikaning “Los-Anjeles” klubi edi. “Barsa” safida Kristian 2011 yildan 2017 yilgacha o‘ynagan. Umuman olganda, Tello “Barselona” safida 86 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Qo‘shimcha qilamizki, “Al-Fateh” Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.







