Roman Abramovich Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi yagona vositachimi?
24 fevraldan beri biznesmen Putin bilan doimiy aloqa saqlab kelmoqda

Roman Abramovich Kiyev va Moskva muzokaralari uchun maqbul vositachi bo‘lib qolmoqda.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, G‘arb davlatlari hukumatlari milliarder Vladimir Putin bilan yaqin aloqalari orqali bunga zamin yaratishiga umid qilmoqda. Shunga qaramay, hozir uning roli yuqori baholanmayapti.
Aprel oyida tadbirkor ishtirokidagi aloqalar uzilib qolganidan so‘ng u asirlar almashish va "don kelishuvi" kabi tor muzokaralarda qatnashmoqda.
Ukraina prezidenti maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya-Ukraina muzokaralarida Abramovich biror bir masalada aralashish kerak bo‘lsagina kerak bo‘lishini, ammo uning roli dastlabki bosqichdagi kabi bo‘lmasligini maʼlum qildi.
Ayni paytda Abramovichga yaqin manbalar hozirda milliarder Ukrainadagi mojarodan boshqa masalalar bilan shaxsan shug‘ullanmay qo‘yganini aytmoqda. U 24 fevraldan beri Putin bilan ko‘rishgan va bir necha marta telefon orqali suhbatlashgan.







