Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga hujum uyushtirildi
Hodisa oqibatida Diplomatik missiyaning xavfsizlik xizmati rahbari vafot etdi.

Hodisa oqibatida Diplomatik missiyaning xavfsizlik xizmati rahbari vafot etdi.
Ozarbayjon TIV xabariga ko‘ra, yana ikki qo‘riqchi yaralangan.
Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, hujum Boku vaqti bilan 8:30 atrofida sodir bo‘lgan. Hujumchi elchixona qo‘riqlash postiga kalashnikov avtomatidan o‘q uzgan.
Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari hujumchilardan biri qo‘lga olinganini yozmoqda.







