“Bu jamoani mag‘lub etmasak, falokat yuz beradi”
Xavi navbatdagi o‘yin haqida gapirdi.

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi La Liganing 19-turida “Jirona”ga qarshi o‘yindan oldingi umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘tgan mavsum bilan solishtirganda, La Ligada yetakchilik qilish, Qirol kubogi yarim finaliga chiqish va Superkubokni qo‘lga kiritish juda yaxshi. Ajoyib holatdamiz. Zo‘r davr. Keyingi bahsda “Jirona”ni mag‘lub etishimiz kerak. Agar g‘alaba qozona olmasak, bu falokat bo‘ladi”, — dedi Xavi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘kanorranglilar 44 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalining birinchi pog‘onasida bormoqda. “Real Madrid” ikkinchi o‘rinda, Madrid klubida 41 ochko bor.
“Jirona” – “Barselona” uchrashuvi bugun, 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.







