Kante “qaytmoqda”
U Chempionlar ligasining navbatdagi o‘yinida qatnashishi mumkin.

“Chelsi” yarim himoyachisi NGolo Kante Chempionlar ligasi 1/8 finalida Dortmundning “Borussiya”siga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda “The Sun” nashri xabar bermoqda.
Kante fevral oyida jarohatidan tiklanishi kerak. “Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter va London klubi futbolchining 15 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida ishtirok etishiga umid qilishmoqda. Biroq, Kante faqat ikkinchi o‘yinda o‘ynashi mumkin. Javob o‘yini 7 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Kante mavsum yakunida “Chelsi”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchiga “Barselona” qiziqayotgan edi.
31 yoshli Kante 2016 yildan buyon “Chelsi”da to‘p suradi. Umuman olganda, Kante “ko‘klar” safida 262 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







