Mourinyo “Chelsi”ga qaytishni istayapti
Londonliklar esa bunga qarshi.

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Londonning “Chelsi” klubiga qaytishni istamoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Mourinyo Rim klubi rahbariyatidan moliyaviy yordam ko‘rsatilmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan. Portugaliyalik mutaxassis uchun ustuvor variant “Chelsi”ga qaytish bo‘lib, u o‘z faoliyatida ikki marta bosh murabbiy bo‘lgan: 2004 yildan 2007 yilgacha va 2013 yildan 2015 yilgacha. Mourinyo vakillari allaqachon “Chelsi” rahbariyati bilan bog‘lanib, murabbiyning ehtimoliy qaytishini muhokama qilishgan, biroq londonliklar jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Grem Potterni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aniq aytishgan.
Shuningdek, Mourinyoning rafiqasi va bolalari hamon Londonda yashashi, shu bois Angliya premyer-ligasida ishlash uning uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Premyer-ligaga qaytishga bo‘lgan qiziqish va “Roma”ning moliyaviy imkoniyatlariga qaramay, murabbiy mavsum o‘rtasida Italiya klubini tark etmaydi.







