Eng dolzarb

Bu hafta sel, ko‘chki va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor

Favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.

Bu hafta sel, ko‘chki va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor

 

“O‘zgidromet” maʼlumotlariga ko‘ra, shu haftadan havo harorati kunduzi +10 darajagacha va kechalari +3 darajagacha ko‘tariladi. Hatto tog‘ oldi va tog‘li hududlarda +2+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

 

Havo haroratining ko‘tarilishi natijasida qor va muzlar erishi tezlashib, sel, ko‘chki va suv toshqinlarining yuzaga kelish ehtimolini yana-da kuchaytiradi.

 

Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vaziflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda mavjud holat hududlar kesimida chuqur tahlil qilinib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.

 

Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2022 yil 18 noyabrdagi 426-son qaroriga bilag Toshqinga qarshi hukumat hamda hududiy komissiyalar tuzilgan va ularning asosiy vazifalari belgilangan.

 

Vazirlar Mahkamasida o‘tgan yig‘ilish bayoni bilan ushbu Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlariga biriktirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Bu hafta sel, ko‘chki va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor | Zamon.uz