“Everton”ga bosh murabbiy tayinlandi
U avval “Byornli”ni boshqargan.

Angliyalik mutaxassis Shon Daych “Everton”ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Liverpul shahri klubi rasmiy sayti orqali maʼlum qildi. Daych avvalroq jamoaning qoniqarsiz o‘yini tufayli ishdan bo‘shatilgan Frenk Lempardning o‘rnini egalladi.
Daych 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Yangi murabbiy jamoa boshqaruvidagi ilk uchrashuvini Angliya premyer-ligasining 22-turida o‘tkazadi. Unda jamoa “Gudison Park”da “Arsenal” bilan uchrashadi. O‘yin 4 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Daychning so‘nggi ish joyi hozir Chempionshipda o‘ynaydigan “Byornli” bo‘lgan. Uning sharofati bilan klub 2017/2018 yilgi mavsumni yettinchi o‘rinda yakunladi, shuningdek, Yevropa Ligasida ham ishtirok etdi.







