Maguayr Italiya chempionatiga o‘tadi
Uning “Manchester Yunayted” bilan ikki yillik shartnomasi bor.

“Inter” “Manchester Yunayted” himoyachisi Garri Maguayrni ijaraga olish mumkinligini aniqlash uchun klubga murojaat yubordi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda. “Milan” klubi shartnomani qishki transfer oynasi tugaguniga qadar yopishdan manfaatdor.
Maguayr joriy mavsumda Premyer-ligada 8 ta o‘yinda maydonga tushdi. “Manchester Yunayted” 20 o‘yindan keyin 39 ochko bilan 2022/2023 yilgi Premyer-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Maguayr 2019 yilning yozida “Lester”dan 87 million yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga o‘tgandi. Bu uning pozitsiyasidagi futbolchi uchun to‘langan eng katta summa hisoblanadi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.







