Vlahovich Turin jamoasidan ketadi
Bu “Yuventus”ning moliyaviy holati bilan bog‘liq.

“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Turin klubi serbiyalik futbolchi bilan 80-90 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor. Bu haqda “Calciomercato.it” nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi budjetni optimallashtirish maqsadida shunday qarorga kelishga tayyor. Avvalroq, futbolchini “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari kuzatib borayotgani xabar qilingandi. Futbolchining agenti har qanday takliflarga ochiqligini aytdi.
Joriy mavsumda Dushan Vlahovich A Ceriyaning 11 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek. Futbolchi Serbiya terma jamoasi tarkibida 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan.







